Biz haqimizda
Tabiiy farovonlikka diqqatni jamlab va ekologik toza mahsulot taqdim etish orqali sog‘lom turmush tarzini rag‘batlantirish maqsadida kompaniya rahbariyati 2020-yilda mashhur "Toshkent Mineral Suvlari" sanatoriysi yonida zamonaviy zavod qurilishini boshladi.
Bugungi kunda zavod Yevropa ishlab chiqaruvchilarining yuqori texnologik uskunalari bilan jihozlangan, zamonaviy ishlab chiqarish tsexi hamda uzluksiz faoliyat ko‘rsatadigan mikrobiologik laboratoriya esa mahsulotning eng yuqori sifatini kafolatlaydi.
Noyob mineral suvning tarixiy ahamiyati va yuqori foydali xususiyatlarini ta’kidlagan holda, "Toshmineralsuv bottler" kompaniyasi 2025-yilda "1371 Tashkent Mineral"ni O‘zbekiston bozoriga chiqarmoqda. Kompaniyaning maqsadi — tabiiy xususiyatlari va yoqimli ta’mini saqlab qolgan holda, ushbu suvni kundalik hayotiy muvozanatni saqlash uchun har bir inson uchun qulay va hamyonbop qilishdan iboratdir.
Afsonaviy Toshkent suvi o‘zbekistonliklar dasturxoniga qaytmoqda!
Sevimli Toshkent suvimiz — salomatlik va go‘zallik manbai! Kundalik iste'mol uchun suv! Salomatlik baxsh etuvchi suv!
Sanatoriy






«Toshkent mineral suvlari» sanatoriysi
«Toshkent mineral suvlari» sanatoriysi sanatoriysi 70 yillik tarixga ega. U 1952 yilda Semashko nomidagi O'zbekiston fizioterapiya va kurortologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari jamoasi tomonidan tashkil etilgan. Jamoa O‘zbekistonda birinchi ichimlik va balneologik kurortni yaratishda katta ishlarni amalga oshirdi
Zavod





