«Toshkent mineral suvlari» sanatoriysi

«Toshkent mineral suvlari» sanatoriysi sanatoriysi 70 yillik tarixga ega. U 1952 yilda Semashko nomidagi O'zbekiston fizioterapiya va kurortologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari jamoasi tomonidan tashkil etilgan. Jamoa O‘zbekistonda birinchi ichimlik va balneologik kurortni yaratishda katta ishlarni amalga oshirdi

Sanatoriyning chuqur buloqlaridan erkin oqadigan issiq mineral suv balneologik ahamiyatga ega. Shifobaxsh mineral suvlar o'zida eritilgan tuzlarning konsentratsiyasi, harorati, gaz tarkibi, temir, kremniy va boshqa foydali moddalarning mavjudligi bilan tavsiflanadi.