Suvning shifobaxsh xususiyatlari
Chanqoqni qondirish va noyob ma’danli suv ta’midan bahramand bo‘lishdan tashqari, "1371 Tashkent Mineral" suvini oshqozon-ichak trakti, yurak-qon tomir, asab, tayanch-harakat, siydik-tanosil tizimi kasalliklarida va ba’zi teri va ginekologik kasalliklarda iste’mol qilish va foydalanishni tavsiya etamiz.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2024-yil 17-fevraldagi No01/92 va No01/93 sonli xulosasidan ko‘chirmalar:
"Sanitariya-bakteriologik ko‘rsatkichlar qabul qilingan talablarga javob beradi. O‘zbekistonning shifobaxsh mineral suv konlari uchun yer osti suvlarining ekspluatatsion zaxiralari tasnifini qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq, ushbu suv kuchsiz minerallashgan azot-ishqorli kremniyli suvlar guruhiga kiradi. QzDst 540-2010 "Mineral ichimlik shifobaxsh, shifobaxsh-oshxona, oshxona suvlari"ga ko‘ra, ushbu suv "Toshkent" tipidagi suvlar guruhiga kiradi va shifobaxsh-oshxona suvi sifatida shisha idishlarga quyish uchun tavsiya etilishi mumkin.