Kremniy tarkibi

  • Kamida 50 MG/L
  • "1371 Tashkent Mineral" suvi inson salomatligi va go‘zalligiga bag‘ishlangan, zero u kremniyni tana to‘qimalari hamda a’zolariga integratsiya qiladi.

Batafsil:

Kremniy tarkibi:
Osteoporoz bilan bog‘liq sinishlarning oldini olish choralari har tomonlama bo‘lishi lozim. Ular maxsus antiosteoporotik dori-darmonlardan tashqari, dozalangan jismoniy mashqlar va kalsiy, D vitamini, oqsillar hamda mikroelementlar miqdori muvozanatlashtirilgan to‘g‘ri ovqatlanishni o‘z ichiga olishi kerak. Muhim ozuqa moddalari orasida kremniy suyak to‘qimasining shakllanishi va minerallashuvida, shuningdek, biriktiruvchi to‘qimaning rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. So‘nggi paytlarda tarkibida kremniy bo'lgan qo‘shimchalarning suyak mineral zichligiga ijobiy ta’siri ko‘rsatilgan va ularni osteoporozning har tomonlama profilaktikasida qo‘llash imkoniyati faol muhokama qilinayotgan eksperimental va klinik tadqiqotlar soni ortib bormoqda. Biroq, kremniyning potensial biologik roli va osteogenezda ishtirok etish darajasi to‘liq o‘rganilmagan. Tibbiyot jamoatchiligining ushbu muhim ozuqa moddasiga e’tiborining ortib borishi uning suyak to‘qimasi salomatligidagi ahamiyatini anglab yetishni yaxshilaydi.

Kremniy - atom og‘irligi 28 bo‘lgan kimyoviy element bo‘lib, u Si (silikon) [1,2] belgisi bilan ifodalanadi. Kremniy alohida a’zolarning tuzilishida va organizmning hayotiy muhim funksiyalarini boshqarishda ishtirok etadigan zaruriy (essensial) mikroelementlar qatoriga kiradi.

Kremniy biriktiruvchi to‘qimaning shakllanishi va me'yyorida rivojlanishi uchun zarur bo‘lib, u barcha a’zolarda keng tarqalgan, ammo ko‘proq suyaklar, tog‘aylar, paylar, ko‘z gavhari, qon tomirlari, yurak klapanlari, teri va uning hosilalari — soch hamda tirnoqlarda uchraydi.

  1. Kremniy — Yerda tarqalishi bo‘yicha kisloroddan keyingi №2 o‘rinda turadigan element.
  2. Organizmda u barcha to‘qima va a’zolarda mavjud.
  3. Kremniyning eng ko‘p miqdori limfa tugunlarida, aortaning biriktiruvchi to‘qimasida, traxeyada, paylarda, suyaklarda, terida topiladi. Uning eng yuqori konsentratsiyasi soch va tirnoqlarda aniqlangan.

Oddiy katta yoshli odamning kremniyga bo‘lgan kunlik ehtiyoji 20-30 mg. Sportchilarga oddiy odamga qaraganda 2-3 baravar ko‘proq kerak bo‘ladi.

Bolalar va o‘smirlar, homilador ayol va emizikli onaga katta odamga qaraganda 5 baravar ko‘p kremniy zarur.

Bir kunda ovqat va suv bilan o‘rtacha 5 mg gacha kremniy iste’mol qilamiz.

Kremniy tanqisligining sabablari:

  • Uzoq muddatli jismoniy zo‘riqishlar;
  • Stresslar, uzoq muddatli asabiy zo‘riqish;
  • Jadal o‘sish (bolalik va o‘smirlik davrlari);
  • Homiladorlik, bunda ona organizmi ikki kishi uchun ishlaydi va tayanch-harakat tizimiga ortiqcha yuklama tushadi;
  • Muvozanatlashmagan ovqatlanish, parhezlar, issiqlik bilan ishlov berish, kam miqdorda xom ko‘katlar va mevalar, fast-fud

GO'ZALLIK elementi.

  • Teri, soch va tirnoqlar holatiga faol ta’sir ko‘rsatadi.
  • Mustahkamlik va taranglik. Kollagen.

SALOMATLIK elementi. (bazoviy)

  • Osteoporozning oldini oladi. Kalsiyning so‘rilishiga yordam beradi va suyaklarning o‘sishini rag‘batlantiradi. Suyak to‘qimasini va uning minerallashuvini yaxshilaydi. (bolalar, o‘smirlar, homiladorlar, qariyalar, suyaklar singanda)
  • Biriktiruvchi to‘qima (tog‘ay va paylar) ni shakllantiradi va mustahkamlaydi.
  • Aterosklerozdan himoya qiladi.
  • Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Insult. Infarkt
  • Organizmda moddalar almashinuvini qo‘llab-quvvatlaydi va me’yorlashtiradi. Ko‘pgina oksidlanish-qayta tiklanish jarayonlarining katalizatori hisoblanadi. Kremniysiz organizmda 70 ga yaqin mikroelementlar o‘zlashtirilmaydi. Ko‘pgina fermentlar, aminokislotalar, gormonlar hosil bo‘lishiga yordam beradi.
  • Immun tizimi faoliyatini rag‘batlantiradi (fagotsitozni rag‘batlantiradi, organizmning viruslar va infeksiyalarga chidamliligini oshiradi);
  • Asab tizimi va bosh miya faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi, asab tizimi tomonidan barcha a’zolar ishini boshqarishning aniqligi va uyg‘unligini ta’minlovchi asosiy element hisoblanadi.

Inson organizmidagi kremniy:

  • Moddalar almashinuvini me'yorga keltiradi, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining, shu jumladan yog‘ va oqsil almashinuvining katalizatori bo‘lib, xolesterinning qon plazmasiga o‘tishiga va tomir devorlarida lipidlarning cho‘kishiga to‘sqinlik qiladi, ularning elastikligini oshiradi.
  • Kollagen va elastinning tabiiy sintezini oshiradi, terining go‘zalligi, silliqligi va tarangligini tiklaydi.
  • Biriktiruvchi va suyak to‘qimalarining shakllanishiga yordam beradi, shu bilan birga sochlar, tirnoqlar va tishlarni mustahkamlaydi.
  • Yallig‘lanishga qarshi va antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lib, inson immun tizimini mustahkamlaydi.
  • Tizimli detoksikatsiya hamda ichki tozalash ta’sirini oshirib, og‘ir zaharli metallarni chiqarib tashlashga yordam beradi.
  • Hujayralarning qayta tiklanishi va yangilanishini rag‘batlantiradi, metabolik funksiyalarni optimallashtiradi va qarish jarayonlarini sekinlashtiradi.
  • 70 dan ortiq vitaminlar, minerallar va asosiy ozuqa moddalarining inson organizmi tomonidan to‘liq o‘zlashtirilishida asosiy rol o‘ynaydi.

Kremniyning funksiyalari:

  • Immunitetni mustahkamlash - kremniyning kimyoviy tuzilishi shundayki, uning organik birikmalari kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, ularni bog‘laydi va organizmdan tezroq chiqarib yuborishga yordam beradi. Kremniy yetishmasligi immun tizimining kuchli zaiflashishiga olib keladi, bunda nafaqat nafas olish a'zolari, balki ichaklar ham zarar ko‘radi, u yerdan kremniy birikmalari zararli mikroorganizmlarni chiqarib yuboradi shuningdek, siydik-tanosil tizimidan ham.
  • Antioksidantlilar - kremniy tarkibiy antioksidant bo‘lib, epidermis hujayralarining shikastlanishiga to‘sqinlik qilib, lipidlarning peroksid va ferment oksidlanish reaksiyalarini bloklash qobiliyatiga ega. Bu nafaqat terining yoshligini, soch qalinligini va tirnoqlarning silliqligini saqlashga yordam beradi, balki ichki a’zolarni ham erkin radikallar ta’siridan himoya qiladi va organizmning qarish jarayonlarini sekinlashtiradi.
  • Biriktiruvchi to‘qima hosil bo‘lishi - kremniyning eng muhim vazifalaridan biridir. Elastin va kollagenning alohida tolalarini birikish jarayonlarida qatnashib, biriktiruvchi to‘qimani mustahkamlaydi. Organizmda kremniyning yetarli miqdorda bo‘lishi biriktiruvchi to‘qimaning kollagen, elastin va boshqa tarkibiy birliklari ishlab chiqarilishiga, bu hujayralarning tez o‘sishiga hamda ularning regeneratsiyasiga yordam beradi.

Organizmda kremniy yetishmasligi oqibatlari

  • qon tomir inqirozlarining rivojlanishi — kremniy yetishmasligi insult yoki infarkt xavfini 4 baravar oshiradi.
  • qandli diabetning paydo bo‘lishi — agar organizmda kremniy konsentratsiyasi me’yordan past bo‘lsa, bu moddalar almashinuvining surunkali buzilishiga olib keladi, bu esa qonda glyukozaning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
  • yurak-qon tomir tizimi kasalliklari, ateroskleroz, varikoz va boshqa qon tomir kasalliklarining rivojlanishi — kremniy yetishmovchiligida uning qon tomir devoridagi o‘rnini kalsiy egallaydi, buning natijasida qon tomirlari o‘z elastikligini yo‘qotadi va natijada bemorda qon tomir patologiyalari hamda yurak va yirik qon tomir kasalliklari rivojlanadi.
  • suyak to‘qimasi patologiyalari — homiladorlik paytida yoki bolaning o‘sishi va rivojlanishi davrida organizmda kremniy miqdorining kamayishi o‘sishdan orqada qolishga yoki suyak to‘qimasining mo‘rtlashishiga olib kelishi mumkin.
  • allergik kasalliklarning paydo bo‘lishi — kremniy yetishmovchiligi bilan immunitet tizimining yomonlashishi nafaqat tez-tez shamollash va virusli kasalliklarga, balki allergik reaksiyalarning rivojlanishiga ham sabab bo‘lishi mumkin: eshakemi, pollinoz yoki dermatit.
  • yangi o'smalarning paydo bo‘lishi — immunitetning pasayishi, moddalar almashinuvining buzilishi va doimiy qon tomir muammolari nafaqat yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini keltirib chiqaradi, balki xavfli o‘smalar rivojlanish xavfini bir necha barobar oshiradi.

SiO2 ning biriktiruvchi to'qimaga ta'siri

  • Kremniy biriktiruvchi to‘qimaning arxitekturasi va tarangligiga hissa qo‘shadigan birikmalarning biologik tarkib hosil qiluvchi omili sifatida ishlaydi.
  • Kremniy asosiy rol o‘ynaydigan to‘qimalarning biriktiruvchi tarkibiy qismlari kollagen, elastin va mukopolisaxaridlardir
  • Amorf SiO2 ning kolloid gidratlangan agregatlari o‘zining molyar og‘irligini 40 barobar oshirib, suv bilan bog‘lanishi mumkin (William 1986).
  • ! SiO2 hujayra tashqarisidagi matritsada joylashgan: hujayra tashqarisidagi matritsa biriktiruvchi to‘qima boshqaruvini ta’minlaydigan gidratlangan holatni oladi (William 1986).
  • Hujayra metabolizmi gidratlangan holatda optimal ishlaydi.

SiO2 ning moddalar almashinuviga ta'siri

  • Kremniy moddalar almashinuvini me'yorllashtiradi, organizmning turli viruslar va infeksiyalarga qarshiligini kuchaytiradi, immunitetni oshiradi, qon tomirlari devorlari va biriktiruvchi to‘qimani mustahkamlaydi, ko‘plab aminokislotalar, gormonlar va fermentlarning hosil bo‘lish jarayonida ishtirok etadi.
  • Bundan tashqari, kremniy qon bosimini pasaytirishga qodir, u organizm uchun muhim bo‘lgan ko‘plab moddalarning (xlor, fosfor, natriy, oltingugurt, ftor, alyuminiy, marganes va boshqalar) hazm bo‘lishini yaxshilaydi.
  • Bu modda saraton, sil, diabet kabi dahshatli kasalliklar rivojlanishining oldini olishga qodir, kremniy qalqonsimon bezga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Kremniyni insonning eng yaxshi yordamchisi deb atash mumkin, chunki u, shu jumladan, qarish jarayonlarini ham sekinlashtiradi.

SiO2 — tomirlar holatini yaxshilanishi, ateroskleroz rivojlanish xavfini kamayishi

  • Qonda kremniy miqdori kamayganda tomirlarning elastikligi va ularning miyaning kengayish yoki torayish buyruqlariga javob berish qobiliyati pasayadi. Bunda tomir devorida kremniyning kalsiy bilan almashinishi ro‘y beradi, bu esa tomirlarni qattiq qilib qo‘yadi. Kalsiy "tikanlari"ga xolesterin o‘tirib qolganida ateroskleroz, stenokardiya, yurakning ishemik kasalligi va uning dahshatli oqibatlari — infarkt va insult rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yuzaga keladi. Buni fransuz olimlari M. va J.Lepgerlarning tajribalari tasdiqlaydi. Ular organizmga kremniy birikmalarini kiritish ateroskleroz rivojlanishini to‘xtatishini va qon tomir devori funksiyasini qayta tiklashga yordam berishini isbotladilar.
  • Aortadagi kremniy konsentratsiyasi yosh o‘tishi bilan pasayadi, bu esa ateroskleroz patogenezida kremniyning bioelement holatining ahamiyatini ko‘rsatadi.

Kolloid SiO2 ning inson organizmidagi jarayonlar va funksiyalarga eng muhim ta’siri

  • Biriktiruvchi to‘qimalar, teri, nafas olish yo‘llari, ichak, qon tomirlaridagi boshqaruv funksiyalari va ularning elastikligini saqlash.
  • Immun tizimini faollashtirish.
  • Antipatogen xususiyatlari (zamburug‘lar, bakteriyalar, viruslarga qarshi) — kolloid SiO2.
  • kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarni bog‘laydi va organizmdan chiqarib yuboradi.
  • Oqsil biosintezi.
  • Suyak va tog‘ay to‘qimalarini mustahkamlash, osteoporoz va artrozning oldini olish.
  • Organizmda kalsiy almashinuvi jarayoniga ta’sir qiladi — agar kremniy yetarli bo‘lmasa, qon tomir devorlarining qattiqlashishi sodir bo‘ladi.
  • Erkin radikallarning organizmdan chiqarilishiga ta’sir qiladi.
  • OIT faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • To‘qimalarning elektr o‘tkazuvchanligini ta’minlaydi.
  • Ion almashinuviga ta'sir qiladi.
  • Asab tizimini mustahkamlaydi, umumiy hissiy holatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
  • Hujayra o‘sishini faollashtirish va hujayra metabolizmini faollashtirish.
  • Oqsil moddalar almashinuvini boshqarish, birinchi navbatda biriktiruvchi to‘qimada.