Huddi o‘sha "TOSHKENT" suvi
SSSR davrida Toshkentda shishalarga quyilgan faqat bitta mineral suv markasi – "Toshkent" suvi bor edi. Uni kattayu-kichik barcha kundalik hayotda ham, alohida holatlarda ham sevib ichishgan. 1960-yillardan to SSSR parchalanishigacha ushbu brend "mineral suv" tushunchasining sinonimiga aylangan.
Bugungi kunda, sifat va ishlab chiqarish jarayonlarini takomillashtirishga e'tibor qaratgan holda, «Toshmineralsuv Bottler» Kompaniyasi o'z missiyasini yuqori sifatli, ekologik toza mahsulot bilan ta'minlash, «1371 Tashkent Mineral» deb nomlangan «o’sha Toshkent suvning» mashhurligini va ahamiyatini qayta tiklash deb biladi.
"1371 Tashkent Mineral" — bu nafaqat ichimlik, bu sog‘lom turmush tarzining bir qismi. Biz uning tabiiy xususiyatlari va yoqimli ta’mini saqlab qolgan holda har bir oila uchun hamyonbop qilishga intilamiz.
Afsonaviy Toshkent suvi o‘zbekistonliklar dasturxoniga qaytmoqda! Sevimli Toshkenti suvimiz — salomatlik va go‘zallik manbai! Kundalik iste'mol uchun suv! Salomatlik baxsh etuvchi suv!